Ruminiyada treningning ikkinchi kuni tadbirkorlik masalalariga bag‘ishlandi
Mashg‘ulotni Yelena Avram olib bordi. Zamonaviy biznes muhitida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun kompaniyalar o‘zlarini o‘rab turgan omillarni to‘g‘ri tahlil qilishlari kerakligi ta'kidlandi. Bu jarayonda uchta asosiy sohani — muammolar, tarmoq va bozorni tahlil qilish muhim hisoblanadi. Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar bozor tahlili vositalari, startaplarni ishga tushirishning o‘ziga xos xususiyatlari, biznes-g‘oyalarni modellashtirish va minimal foydali mahsulot (MVP) yaratish usullari bilan tanishdilar.
Alohida e’tibor PESTLE-tahlil usulidan (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologiyaviy, huquqiy va ekologik omillar) foydalangan holda biznesning makro muhitini kompleks baholashga qaratildi.
Kunning ikkinchi yarmida Industrial dizayn va biznes boshqaruvi fakulteti dekani Dorin Ionesi Fakultet laboratoriyalari bilan tanishtirib chiqdi hamda kompozit to‘qimachilik materiallari laboratoriyasida kompozit to'qimachilik materiallar namunasini olish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazdi.