04:44 Chorshanba 25 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida amaliy tashabbus

17.06.2025
55

17-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Dizayn va texnologiyalar fakulteti talabalari ishtirokida "Bunyodkor yoshlar" qurilishi otryadi faoliyati doirasida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi.

Tashabbuskor ko‘ngilli talabalar Talabalar shaharchasida qurilish va obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishdi. Shuningdek, talabalar turar joyi hududida tozalash, atrof-muhitni tartibga keltirish kabi ishlar amalga oshirildi.

Mazkur tadbir yoshlarda mehnatga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, jamoaviylik va mas'uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?