23:00 Chorshanba 06 Avgust 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini tashkil etish tartibi va ijro intizomini takomillashtirish masalalari bo‘yicha joriy yilning 5-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Zoom platformasi orqali navbatdagi onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

06.08.2025
34

Yig‘ilishda vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ijro intizomi bo‘yicha mas’ul xodimlar, kotibiyatlar hamda ijro nazoratiga mas’ul bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
• Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlari va topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ta’minlash masalalari;
Ijro.gov.uz yagona elektron ijro nazorati tizimidan samarali foydalanish tartibi;
• Oliy ta’lim muassasalarida ijro intizomi holati, tizimli kamchiliklar va ularning sabablari;
• Ijro hujjatlari bilan ishlashda mas’ullarning shaxsiy javobgarligi va intizomiy choralar.

Ijro.gov.uz tizimi — hukumat qarorlari, farmoyishlari va vazirlik topshiriqlari ijrosini raqamli shaklda nazorat qilish imkonini beruvchi milliy platforma hisoblanadi. Ushbu tizim orqali har bir vazifaga mas’ullar biriktiriladi, bajarilish muddati, holati va natijasi bo‘yicha tizimli monitoring olib boriladi.

Yig‘ilish yakunida quyidagilar belgilab olindi:
• Har bir oliy ta’lim muassasasida ijro intizomini oshirishga mas’ul bo‘lgan xodimlar faoliyati kuchaytiriladi;
Ijro.gov.uz tizimida vazifalarni o‘z vaqtida kiritish, bajarish va hujjatlashtirish yo‘lga qo‘yiladi;
• Tizimdagi kamchiliklar yuzasidan oylik tahlillar olib boriladi va vazirlikka muntazam axborot taqdim etiladi;
• Ijrodagi hujjatlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratiladi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash hamda ijro.gov.uz tizimida samarali ishlash borasida amaliy choralar belgilab olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?