18:33 Seshanba 24 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“NUR TEX” MCHJda diplom himoyasi bo‘lib o‘tdi

20.06.2025
49

Joriy yilning 18-iyun kuni “Tikuv buyumlari texnologiyasi va raqamli injiniring” kafedrasining 60721200 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (shaxsiy buyurtma asosida kiyim tayyorlash) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari o‘z diplom ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Diplom himoyasi kafedraning ishlab chiqarishdagi amaliy bazasi – “NUR TEX” MCHJ dagi filialida tashkil etildi. Mazkur yo‘nalishning ilk bitiruvchilari tomonidan yaratilgan yuqori toifali atelye loyihalari va tayyorlangan mahsulotlar Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari hamda korxona vakillari tomonidan yuksak baholandi.

Himoya jarayoni bitiruvchilarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ham ega ekanligini yaqqol namoyon etdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?