“Moda va dizayn” yo‘nalishi bitiruvchilari o‘z liboslar to‘plamlarini namoyish etdilar
2025-yil 16-iyun kuni Dizayn va texnologiyalar fakultetining “Moda va dizayn” kafedrasi 60210400 – «Dizayn (kostyum)» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv malakaviy ish himoyasi “IDEAL” kompaniyasining “ISTIQLOL Dizayn markazi”da bo‘lib o‘tdi.
Himoya jarayoniga O‘zbekistondagi dizayn va moda sohasining yetakchi korxona rahbarlari hamda taniqli dizaynerlar Davlat Attestatsiya Komissiyasi a’zolari sifatida taklif etildi.
Tadbirning ilk kunida 8 nafar bitiruvchi talaba o‘z bitiruv ishlari taqdimotini o‘tkazdi, mualliflik liboslar to‘plamlarini sahnada namoyish etdi va a’lo baholarga sazovor bo‘ldi.
Mazkur himoya jarayoni nafaqat talabalarning kasbiy salohiyatini namoyish etishga xizmat qildi, balki ular bilan hamkorlikka qiziqish bildirgan dizayn sohasi vakillari uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.