“Milliy qadriyatlar sayli”da TTYSI ham faol ishtirokda
14–21-may kunlari Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida “Adabiy-ma’rifiy haftaliklar” doirasida o‘tkazilayotgan “Milliy qadriyatlar sayli”da Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari ham faol ishtirok etmoqda.
TTYSI jamoasi tomonidan:
- Milliy kiyimlar namoyishi,
- Ijodiy ishlar ko‘rgazmasi,
- Rasm chizish,
- She’rxonlik va g‘azalxonlik,
- Milliy o‘yinlar,
- Zakovat hamda interaktiv o‘yinlar kabi ko‘plab madaniy-ma’rifiy va ijodiy faoliyatlar tashkil etildi.
Bu sayl orqali institut talabalari milliy qadriyatlarimizni keng ommaga namoyish etibgina qolmay, yoshlar orasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada boyitishga hissa qo‘shmoqdalar.