“Kino kechasi”da talabalar bir film atrofida jam bo‘lishdi
Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida “Dolzarb 90 kun” doirasida talabalar uchun “Kino kechasi” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida “Puling bo‘lsa” kinofilmi namoyish etildi.
Film orqali talabalarga moliyaviy savodxonlik, to‘g‘ri tanlov qilish va hayotiy qadriyatlar haqida qiziqarli g‘oyalar yetkazildi. Tadbir nafaqat hordiq chiqarish, balki birgalikda fikr almashish va ijobiy muhit yaratish uchun ham xizmat qildi.