“Kibersport” sport musobaqalari o‘tkazildi
2025-yil 14-avgust kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida To‘qimachilik muhandisligi fakulteti faol jamoasi va talabalar ishtirokida “Kibersport” musobaqalari o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar asosida, ushbu musobaqa kibersportni yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish, raqamli savodxonlikni oshirish, sog‘lom raqobat va innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qildi.
Kibersport — bu zamonaviy kompyuter o‘yinlari orqali jamoaviy yoki individual tarzda kuch sinash imkonini beruvchi sport turi bo‘lib, yurtimizda tobora keng ommalashib bormoqda. Tadbir jarayonida talabalar o‘z mahoratini namoyon etib, qiziqarli va murosasiz bellashuvlar o‘tkazdilar.