Joriy yilning 12-19-mart kunlari yurtimiz bo’ylab “Navroʻz qadriyatlar beshigi” nomli haftalikni oʻtkazilishi belgilangan
Shu maqsadda institutimizning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi va fakultet dekan o‘rinbosarlari tomonidan institutda talaba-yoshlari o‘rtasida milliy va maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yoshlar orasida keng targʻib qilish hamda anʼanaviy bayramlarni yuqori saviyada nishonlash maqsadida joriy yilning 12-17-mart kunlari “Navroʻz qadriyatlar beshigi” nomli haftalik tashkil etildi.