15:35 Chorshanba 25 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Institutimiz talabalari Jump rope musobaqasida faol ishtirok etdi!

18.05.2025
178

2025-yil 16–17 may kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sport majmuasida Jump rope (arg‘imchoqda sakrash) sport turi bo‘yicha Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Toshkent shahar hokimi kubogi bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizda birinchi marta tashkil etilgan ushbu musobaqada 20 ta oliy ta’lim muassasasidan 200 nafardan ortiq talabalar qatnashdi. Quvonarlisi, musobaqada institutimiz nomidan 8 nafar iqtidorli talaba faol ishtirok etdi va o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.

Ayniqsa, Dizayn va texnologiyalar fakultetining 18-22 guruh talabasi Xudoynazarova Nafisa Mexriddin qizi “yakka tartib” yo‘nalishida yuqori natija qayd etib, II-o‘rinni egalladi va O‘zbekiston Respublikasi Jump rope terma jamoasiga ro‘yxatga olindi.

Musobaqa 30 soniyalik sakrash yo‘nalishi bo‘yicha 8 xil intizomda tashkil etilib, yoshlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, tezkorligi va chidamliligini sinovdan o‘tkazishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?