00:23 Juma 27 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Institutda tyutorlar hisobot taqdimoti o‘tkazildi

26.06.2025
15

25-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tyutorlar tomonidan 2024–2025 o‘quv yili davomida amalga oshirilgan faoliyat bo‘yicha yil yakuniy hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B. Nasimov, rektor maslahatchisi S. Hamidov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi U. Elmurotova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh. Xushvaqtov, IIOFMBga biriktirilgan mayor A. Tadjibayev, shuningdek, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi xodimi B. Sodiqjonov ishtirok etdi.

Hisobot davomida quyidagi yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi:
• Maʼnaviy-maʼrifiy va axloqiy-tarbiyaviy ishlar;
• Oʻquv va oʻquv-uslubiy faoliyat;
• Ilm-fan, innovatsiya va tadqiqotlar yo‘nalishi;
• Choraklik hisobotlarning tahlili;
• Vazirlikning 412-, 539-, 301- va 434-sonli buyruqlari ijrosi doirasidagi hujjatlar, elektron jurnal, namunaviy jadval va talaba indeksi holati.

Shuningdek, tyutorlarning kasbiy salohiyati, talabalarga individual yondashuvi hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligi alohida baholandi.

Mazkur taqdimot — institutda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?