Dresden texnika universiteti bilan ilmiy hamkorlik: 100 yillik yubiley doirasidagi tashrif
Dresden texnika universitetining 100 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda universitetimiz nomidan prorektor Baxtiyor Nasimov, Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Nurmuhammad Xudayberdiyev hamda To‘qimachilik matolari texnologiyasi kafedrasi professori Nilufar Xanxadjayeva faxriy mehmon sifatida ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida delegatsiyamiz Dresden universitetining “Ilg‘or to‘qimachilik texnologiyalari” instituti rahbari professor Sharif Shokriga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim qadam bo‘ldi.