02:13 Chorshanba 25 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Dresden texnika universitetining zamonaviy laboratoriya imkoniyatlari bilan tanishuv

11.06.2025
73
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasi Dresden texnika universiteti tarkibidagi ilg‘or ilmiy laboratoriyalarda bo‘lib, universitetning innovatsion salohiyati bilan yaqindan tanishdi.
Dresden texnika universiteti — to‘qimachilik materiallarini tibbiyot, qurilish va boshqa sanoat tarmoqlariga tatbiq etish bo‘yicha jahonning yetakchi ilmiy markazlaridan biri hisoblanadi.
Laboratoriyalarda:
Texnik va funksional to‘qimachilik materiallari ishlab chiqish.
Biotibbiyot uchun maxsus to‘qimachilik yechimlarini yaratish.
Qurilish materiallari uchun yuqori mustahkamlikdagi to‘qimachilik asoslarini ishlab chiqish.
Yangi avlod ekologik toza va energiya tejamkor materiallar tayyorlash ustida faol tadqiqotlar olib borilmoqda.

Mazkur tashrif davomida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ushbu sohalar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va o‘zining ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?