19:54 Seshanba 12 Avgust 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Dolzarb 90 kun” doirasida TTYSI talabalari robototexnika va 3D modellashtirish yoʻnalishlarida innovatsion ishlanmalar bilan ishtirok etmoqda

25.07.2025
125

Mazkur loyihaning asosiy maqsadi — texnologik tafakkurga ega, ixtirochilik qobiliyatiga ega yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Tanlov “INNO” texnoparkida tashkil etilib, “Eng yaxshi gʻoya”, “Eng yaxshi loyiha” hamda “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida bo‘lib oʻtmoqda.

Talabalar tomonidan sun’iy intellekt asosida boshqariluvchi robotlar, 3D printerda bosilgan ekologik toza mahsulotlar, hamda kundalik turmushda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlar taqdim etildi. Ular texnik tafakkur, kreativ yondashuv va amaliy bilimlari bilan e’tirofga sazovor bo‘lishmoqda.

Shuningdek, tanlov davomida talabalar texnoparkdagi zamonaviy laboratoriyalar bilan yaqindan tanishib, u yerdagi loyihalash, muhandislik va prototiplashtirish jarayonlarida ishtirok etdilar. Bu esa yoshlarning innovatsion qarashlarini yanada rivojlantirish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va tajriba orttirishiga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?