Davlat stipendiyalari uchun suhbat jarayoni o‘tkazildi
Joriy yilning 19-iyun kuni institutimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalariga nomzod talabalar bilan suhbat jarayoni o‘tkazildi.
Suhbat davomida talabalar o‘zlarining chuqur bilim va salohiyatini namoyon etdilar. Komissiya a’zolari tomonidan nomzodlarning ilmiy ishlari, xorijiy tillarni bilish darajasi, faolligi, erishgan yutuqlari hamda intellektual salohiyati atroflicha o‘rganildi.
Suhbat yakunida eng munosib nomzodlar saralanib, keyingi bosqichga tavsiya etildi. Barcha ishtirokchilarga kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz!
Ma’lumot uchun: Davlat stipendiyalari – eng iqtidorli va bilimli talabalarni rag‘batlantirishga qaratilgan yuksak e’tirofdir.