Bitiruv malaka ishi himoyasi "Bakan Tex" MCHJda o'tkazildi
Joriy yilning 18-iyun kuni Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasining “61020200 – Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari o‘z bitiruv malaka ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Mazkur himoya jarayoni ishlab chiqarish korxonasi – “Bakan Tex” MCHJ negizida tashkil etildi. Bitiruvchilar o‘z ilmiy-amaliy ishlanmalarini taqdim etishdi va mehnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligiga oid dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini asoslab berishdi.
Tadbir yakunida talabalar faol ishtiroki va tayyorgarlik darajasi yuqori baholandi.