AUTEX tashkilotining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
-
- Media
- Yangiliklar
AUTEX Tashkilotining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Hozirda Yevropadagi nufuzli ilmiy tashkilotlardan biri — AUTEX (Association of Universities for Textiles) tashkilotining navbatdagi yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu xalqaro miqyosdagi muhim tadbirda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasi — prorektor Baxtiyor Nasimov va xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Nurmuhammad Xudayberdiyev faol ishtirok etmoqda.
Yig‘ilish davomida AUTEX tashkilotining o‘tgan yilgi faoliyati, amalga oshirilgan loyihalar, erishilgan yutuqlar hamda istiqboldagi strategik rejalar atroflicha muhokama qilinmoqda. A’zo oliygohlar o‘rtasida tajriba almashinuvi va innovatsion yondashuvlar bo‘yicha fikr almashilmoqda.
Tadbir doirasida institutimiz uchun muhim bo‘lgan masala — WE-TEAM Erasmus+ magistratura dasturiga Toshkent To‘qimachilik va Yengil Sanoat Institutini assotsiativ hamkor sifatida jalb etish imkoniyatlari ham muhokama qilinmoqda. Bu institutimizning xalqaro ta’lim maydonidagi mavqeini mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur jarayon nafaqat xalqaro hamkorlikni kengaytirish, balki ilmiy-tadqiqot aloqalarini chuqurlashtirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida akademik almashinuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti o‘zining global miqyosdagi ilmiy-innovatsion salohiyatini namoyon etishda davom etmoqda.

A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz
80.2%
24.6%
7.5%
17.3%
Saytni yangi dizayni yoqdimi?
A'lo
80.2%
Yaxshi
24.6%
Qoniqarli
7.5%
Qoniqarsiz
17.3%

“Kibersport” sport musobaqalari o‘tkazildi

Tyutorlik lavozimi bo‘yicha suhbat jarayoni o‘tkazildi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida o‘tkazildi