“Anti-Corruption Hackathon 2025”ga start berildi!
2-3-4 may kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida korrupsiyaga qarshi innovatsion g‘oyalar tanlovi o‘tkaziladi. Ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda yechimlar ishlab chiqadilar.
Yo‘nalishlar:
- davlat xaridlari, sport, qurilish, moliya va sug‘urta tizimlarida korrupsiyaning oldini olish;
- korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;
- ochiq ma’lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.
G‘oliblar Gonkongda bo‘lib o‘tadigan “Coding4Integrity” xakatonida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Kimlar qatnasha oladi?
18–35 yoshdagi, ingliz tilini biladigan yakka yoki 3 kishilik jamoalar.
Tayyorlov vebinari: 21-aprel
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 28-aprelgacha
Murojaatlar uchun: Call-markaz – 1253