21:42 Chorshanba 04 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Akademik hamkorlik sari yana bir muhim qadam

02.06.2025
51

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasi Samarqandda o‘tkazilayotgan “Ta’lim, fan va texnologiya sohasida innovatsion hamkorlik” xalqaro forumi doirasida Xitoyning nufuzli Xi’an University of Technology bilan akademik hamkorlik o‘rnatdi.

Uchrashuvda institut prorektori Baxtiyor Nasimov hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Nurmuhammad Xudayberdiyev ishtirok etdi. Muzokaralar davomida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik memorandumini imzolab, rasmiy kelishuvga erishdi. Shuningdek, Xi’an University of Technology delegatsiyasi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qilindi.

Ushbu hamkorlik xalqaro ilmiy va ta’limiy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?