Adabiyotga oshno yuraklar bir sahnada!
Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti talabalari tomonidan “Dolzarb 90 kun” doirasida "Dilbuloq" mahallasida unutilmas adabiyot va sheʼriyat kechasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlar va mahalla yoshlari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni mustahkamlash, maʼnaviyatni yuksaltirish va adabiyotga bo‘lgan mehrni oshirish maqsadida o‘tkazildi. Kechada yosh ijodkorlar o‘zlarining sheʼrlari bilan ishtirok etib, yuraklardan joy oldi.