Adabiyot va sheʼriyat kechasi bo‘lib o‘tdi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida talaba-yoshlar va mahalla yoshlari ishtirokida adabiyot va sheʼriyat kechasi tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etib, mashhur shoirlar asarlaridan parchalar, she’rlar va monologlar ijro etdilar. Bunday kechalar yoshlarning badiiy didini shakllantirish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish va ularni ma’naviy barkamollikka yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan adabiyot va she’riyatning inson qalbini tarbiyalovchi kuchi alohida e’tirof etildi.