10:28 Chorshanba 25 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan talabalar uchun o‘zgacha tadbir uyushtirildi

15.11.2024
262

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bugun, 15-noyabr kuni, 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan talabalar uchun o‘zgacha tadbir uyushtirdi. Kun chiqishi bilan institutning asosiy kirish qismida talabalarni quvonchli va iliq muhitda kutib olish marosimi tashkil qilindi. Talabalarga issiq qahva, fotosuratga tushish maydoni va maxsus tayyorlangan sovg‘alar taqdim etildi.

Bu tadbir nafaqat xalqaro talabalar, balki barcha talabalar uchun ham kutilmagan va yoqimli sovg‘a bo‘ldi. "Xalqaro talabalar kuni" talabalar hayotiga ko‘proq e’tibor qaratish va ularni ruhlantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?