TAʼLIM MUASSASASI- SHAXS SHAKLLANADIGAN MASKAN
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida xotin-qizlarga nisbatan noo‘rin munosabatlar, jumladan shilqimlik holatlarining oldini olish masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Taʼlim muassasasi — bu nafaqat bilim beriladigan joy, balki shaxs shakllanadigan, qadriyatlar mustahkamlanadigan muhitdir. Ushbu muhit xavfsiz, hurmatga asoslangan va adolatli bo‘lishi shart. Ayniqsa, talabalar bilan ishlash jarayonida pedagogning kasbiy chegarasi, axloqiy masʼuliyati va huquqiy javobgarligi aniq belgilangan.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunlar Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodeksi, shuningdek, Taʼlim muassasasining ichki mehnat tartib-qoidalari, Etika kodeksida mavzu yuzasidan belgilangan tartib-qoidalarni joylarda keng targ’ib qilish masalalari muhokama qilindi.