04:04 Seshanba 24 Fevral 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

OGOH BO'LING, FIRIBGAR!

16.02.2026
44

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida hamkor tashkilotlar ishtirokida “Firibgarlikka qarshi kurash” hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” mavzulariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Talaba-yoshlar orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish hamda xavfsiz muhitni mustahkamlashga qaratilib, 16-fevral kuni o’tkazilgan tadbirda xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputati Muyassar Suleymanova, Adolat SDP Toshkent shahar Kengashi vakili O‘ktambek Berddaliyev, partiyaning Yakkasaroy tumani Kengashi raisi Shoxista Sindarova, tuman Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari Munira Jumaboyeva hamda Muxayyo Jo‘rayeva ishtirok etdilar.

Shuningdek, uchrashuvda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Shuxrat Xushvaqtov ham qatnashib, talaba-yoshlarga mavzu yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.

Davra suhbati davomida firibgarlik jinoyatlarining oldini olish, turli aldov usullaridan ogoh bo‘lish, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalash bo‘yicha amaldagi qonunchilik normalari, murojaat qilish tartiblari hamda profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Mutaxassislar tomonidan yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirish, muammoli vaziyatlarda befarq bo‘lmaslik va tegishli idoralarga murojaat qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?