04:03 Seshanba 24 Fevral 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“YOSHLAR BILAN BIR KUN”: DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI

19.02.2026
36

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlar hamda davlat xizmatchilari o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va ustoz–shogird an’analarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur maqsadlar doirasida institut Yoshlar ittifoqi faollari hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari “Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi doirasida O‘zbekiston Adliya vazirligi Yakkasaroy tumani bo‘limi hamda Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talaba-yoshlar davlat idoralarining kundalik faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, huquqiy ko‘mak jarayonlari hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblari, raqamli yechimlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?