“YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI”GA START BERILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalariga start berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Shuxrat Xushvaqtov hamda fakultetlar dekanlari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yoshlarni jismonan sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab, mazkur olimpiada ommaviy sportni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilishini qayd etdilar.
Mazkur musobaqalar talaba-yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan.