🔊
18:31 Seshanba 14 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar to'g'risida o'tkazilgan yig'ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan

08.04.2026
11

Hurmatli professor-o‘qituvchilar,

aziz talabalar va qadrli institut jamoasi!

Bugungi kunda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek: “Sport bu faqat musobaqa emas, balki sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuchdir.”

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda sport sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma hamda yoshlarimizning xalqaro maydondagi yutuqlari barchamizga faxr bag‘ishlamoqda.

Shu bilan bir qatorda bizdan mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish, sport infratuzilmasidan samarali foydalanish va yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishni talab etadi.

Qadrli institut jamoasi!

Davlatimiz rahbari tomonidan kuni kecha o’tkazilgan yig’ilishda talabalar o‘rtasida ommaviy sportni keng rivojlantirish, sport klublari va to‘garaklar faoliyatini tubdan takomillashtirish, iqtidorli sportchi talabalarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlarimizda intizom, matonat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash  kabi muhim vazifalar belgilab berildi. 

Shuningdek, har bir rahbar va ustoz sportga munosabatda shaxsiy namuna ko‘rsatishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Aziz talabalar!

Sizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga, sog‘lom turmush tarzini hayotingizning ajralmas qismiga aylantirishga chorlab qolaman.

Ishonchim komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali institutimiz nafaqat ta’lim, balki sport sohasida ham yetakchi maskanlardan biriga aylanadi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat va yangi yutuqlar tilayman!

“Sport va sog‘lomlashtirish oyligi”da faol ishtirok eting.

Davron Vaxabov - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori

Saytni yangi dizayni yoqdimi?