HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA HUQUQLAR HIMOYASIGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida keng jamoatchilik ishtriokida huquqbuzarliklar profilaktikasi, ayollar va bolalar huquqlari himoyasini yanada mustahkamlash masalalariga bag’ishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Toshkent shahar sud raisi Olimjon Ismailov, Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Ergashev, tuman sud raisi Alisher Jalilov, shuningdek institut birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov ishtirok etdilar.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yangi manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori hamda “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy-huquqiy choralar toʻgʻrisida”gi Farmonining mazmun - mohiyati talaba - yoshlarga atroflicha tushuntirildi.
Tadbir davomida talabalarning huquqiy ongini oshirish, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, ayniqsa xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar keng muhokama qilindi.