🔊
22:17 Seshanba 14 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI TASHKIL ETILDI

02.04.2026
14

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yuqori darajadagi mutasaddilar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim tashkilotlari departamenti boshlig‘i – Abdusamat Mamanazarov, “O’zmilliybank” aksiyadorlik jamiyatining Kelajakka qadam markazi direktori – Elmurod Xoshimov hamda markaz Loyiha kuratori – Firdavs Akmalov, institutning birinchi prorektori – Baxtiyor Nasimov ishtirok etdi.

Tadbir davomida, avvalo, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish masalalari muhokama qilinib, ularning startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, biznes tashabbuslarini moliyalashtirish, mentorlik tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvda yana bir muhim yo‘nalish — bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalasiga keng to‘xtalib o‘tildi. Bitiruvchi talabalarning ish bilan ta’minlanishini ta’minlash, ularni korxonalar bilan bog‘lash, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish hamda ish beruvchilar bilan tizimli hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliyotga joriy etish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?