03:09 Payshanba 19 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

INSTITUTDA “BO‘SH ISH O‘RINLARI” MEHNAT YARMARKASI VA “KARYERA KUNI” O‘TKAZILDI

16.03.2026
26

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 16-mart kuni yosh mutaxassislarning bandligini ta’minlash hamda ularni bozor talablariga mos ish o‘rinlari bilan tanishtirish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi va “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda institut bitiruvchilari uchun asosiy ish beruvchilar hisoblangan korxona va tashkilotlar, yirik ish beruvchilar faol ishtirok etdilar. Yarmarkada 70 dan ortiq soha korxonalari o‘z stendlari, bukletlari, flaerlar va roll-ap materiallari bilan qatnashib, ish qidirayotgan talaba-yoshlar bilan bevosita suhbatlar olib bordilar.

Tadbir davomida yoshlar korxonalar faoliyati, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar. Ish beruvchilar esa institut bitiruvchilarining bilim va ko‘nikmalari bilan yaqindan tanishib, istiqbolli kadrlarni tanlab olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mehnat yarmarkasi yakunlariga ko‘ra, 100 dan ortiq bitiruvchilar institutni tamomlagach, korxonalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?