TALABALAR TURAR JOYIDA "RAHBAR YOSHLAR UCHRASHUVI" BO‘LIB O‘TDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga qarashli talabalar turar joyida rahbarlar va talaba-yoshlar ishtirokida samimiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar gulxan atrofida jam bo‘lib, o‘zaro muloqot va madaniy chiqishlar orqali mazmunli vaqt o‘tkazdilar.
Uchrashuvda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda institut prorektorlari ishtirok etib, unda tuman hokimi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular bilan samarali ishlash, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
“Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" davomida talaba-yoshlar gulxan atrofida jam bo‘lib, jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va monologlar orqali o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar.
Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ular o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash hamda rahbarlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.