02:03 Chorshanba 25 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENT IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA ILMIY DARAJALAR BERUVCHI ILMIY KENGASH FAOLIYATI RASMAN YO‘LGA QO‘YILDI

19.03.2026
20

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzurida PhD.03/2025.27.12.I.21.02 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash faoliyati rasman yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur muhim ilmiy platforma doirasida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha himoya qilinadi:

08.00.03 — Sanoat iqtisodiyoti

08.00.13 — Menejment

Shuningdek, Ilmiy kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan kengash a’zolarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kengashning asosiy vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur Ilmiy kengash ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar hamda keng ilmiy jamoatchilik uchun muhim ilmiy maydon sifatida xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?