MADE IN AFGHANISTAN EXPO — TASHKENT 2026
Toshkentda 150 dan ziyod afg‘onistonlik tadbirkor ishtirokida Made in Afghanistan Expo ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti vakillari ham ishtirok etayotgan ko’rgazmada qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va hunarmandchilik sohalaridagi mahsulotlar taqdimoti, ishbilarmonlik muzokaralari va hamkorlik uchrashuvlari o’tkazilmoqda.
Afg‘onistonlik ishtirokchilar oziq-ovqat mahsulotlari (quritilgan va ho‘l mevalar, yong‘oqlar, za’faron), qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, hunarmandchilik mahsulotlari (gilamlar, to‘qimachilik, zargarlik buyumlari), shuningdek, sanoat va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlarni namoyish etmoqdalar.