Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida hududni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yashil hududlarni kengaytirish maqsadida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida hududni yanada obod qilish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yashil hududlarni kengaytirish maqsadida mavsumiy ko‘chat ekish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda.
Mazkur ishlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilib, institut hududida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, hududni yanada yashillashtirish, ekologik muvozanatni ta’minlash hamda qulay va estetik muhit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, ularni sug‘orish, oziqlantirish hamda zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur tashabbuslar talaba-yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda sog‘lom va toza muhit yaratishga xizmat qilmoqda.