18:06 Seshanba 24 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

YUNESKO / L’OREAL xalqaro mukofoti – 2026

23.06.2025
39

Tabiiy fanlar sohasida ilmiy faoliyat olib borayotgan ayol olimalar diqqatiga!

YUNESKO / L’OREAL dasturi doirasida 2026-yil uchun xalqaro mukofot tanlovi e’lon qilindi. Har bir geografik mintaqadan bittadan nomzod tanlanadi (jami 5 nafar g‘oliba). Har bir g‘oliba uchun mukofot miqdori – 100 000 yevro.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi:

tabiiy fanlar
atrof-muhit muhofazasi
fizika
matematika
kompyuter fanlari.

Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 25-iyunga qadar.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish manzili: www.forwomeninscience.com

Nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

batafsil tarjimayi hol (CV);
3 dan 5 tagacha tavsiyanoma (xalqaro ilmiy tashkilotlar tomonidan);
eng muhim 10 ta maqola nusxasi va qisqacha izohi;
ilmiy faoliyat va mukofotga loyiq ekanligini asoslovchi tavsiyanoma;
ilmiy maqolalar va patentlar ro‘yxati.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?