Qozog‘iston oliygohlarida o‘qish uchun GRANTLAR e’lon qilindi
2025/2026-o‘quv yili uchun Qozog‘iston Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun 20 ta to‘liq grant o‘rni ajratildi.
Grantlar quyidagi bosqichlarda taqdim etiladi:
14 ta o‘rin — bakalavriat bosqichi uchun
6 ta o‘rin — magistratura bosqichi uchun
Grantlar faqat o‘qish xarajatlarini qoplaydi. Transport va yashash xarajatlari nomzodning shaxsiy hisobidan qoplanadi.
Batafsil ma’lumot institut Xalqaro hamkorlik bo‘limi (1-bino, 523-kabinet) orqali taqdim etiladi.
Arizalar qabul qilish muddati – 2025-yil 17-iyungacha.