01:04 Juma 09 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Olimpiadaning fizika yoʻnalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi

07.05.2025
235

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Bo‘lajak yosh muhandislar” mavzusida tashkil etilgan “Fizika” fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi!

Intellektual bellashuvda yosh iqtidor egalari o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Faxr bilan taqdim etamiz:

1-o‘rin — Qudrataliyev Nozimjon Nodirjon o‘g‘li
Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, 13-maktab o‘quvchisi
1-darajali diplom sohibi!

2-o‘rin — Itolmosov Nurmuhammad Akmal o‘g‘li
Buxoro viloyati, Olat tumani, IM maktab o‘quvchisi
2-darajali diplom bilan taqdirlandi!

3-o‘rin — Juraqulova Mehribon Abdumajid qizi
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, 13-maktab o‘quvchisi
Faxrli 3-darajali diplom bilan taqdirlandi!

Ushbu g‘oliblarni chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?