🔊
02:45 Yakshanba 12 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

HUDUDLARDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH BO‘YICHA MULOQOT O‘TKAZILMOQDA

26.03.2026
25

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Huansi Intelligent Technology Co., Ltd vakillari respublikaning turli hududlarida joylashgan yirik sanoat korxonalariga tashrif buyurmoqda.

Tashriflar davomida ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berilmoqda.

Jumladan, Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan SAMO savdo brendi ostidagi "NIL GRANIT" korxonasida hamkorlik uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

Shuningdek, institutda joriy etilgan dual ta’lim tizimi asosida korxonalar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, malakali mutaxassislar tayyorlash hamda ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Eslatib o’tamiz, Samarqand va Namangan viloyatlarida muhokama uchrashuvlari o’tkazilgan edi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?