18:38 Seshanba 24 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

YUNESKOning 2025-yilgi “Savodxonlikni targʻib qilish” xalqaro mukofoti tanlovi

19.06.2025
68

YUNESKO tashkiloti tomonidan savodxonlikni targʻib etish borasida faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslar, davlat va nodavlat tashkilotlar uchun “Raqamli texnologiyalar davrida savodxonlikni targʻib qilish” mavzusida 2025-yilgi xalqaro mukofot tanlovi e’lon qilindi.

Mazkur mukofot savodxonlik sohasidagi innovatsion yondashuvlarni, ayniqsa raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirilayotgan tashabbuslarni ragʻbatlantirishga qaratilgan.

YUNESKO xalqaro mukofotlari quyidagilardan iborat:
1) Qirol Sejong nomidagi YUNESKO mukofoti (Koreya Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladi)
– Ona tili asosida savodxonlik ta’limi dasturlariga qaratilgan.
– Har bir sovrindorga 20 000 AQSh dollari va medal beriladi.

2) Konfutsiy nomidagi YUNESKO mukofoti (Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladi)
– Qishloq hududlaridagi katta yoshdagilar va xotin-qizlar savodxonligini qamrab oladi.
– Har bir sovrindorga 30 000 AQSh dollari va medal topshiriladi.

Avvalgi yillardagi sovrindorlar haqida ma’lumot:
https://www.unesco.org/en/prizes/literacy

Tanlovda ishtirok etish tartibi:
Nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tadi -
www.unesco.org/ilp/account

Ro‘yxatdan o‘tgach, maxsus ariza shakli onlayn to‘ldiriladi va 2025-yil 20-iyunga qadar taqdim etiladi.

YUNESKO ishlari bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan nomzodliklar 2025-yil 27-iyunga qadar ko‘rib chiqilib, tasdiqlanadi.

Tanlov bo‘yicha batafsil ma’lumot:
https://www.unesco.org/en/prizes/literacy

Qo‘shimcha maʼlumot uchun murojaat: Xalqaro hamkorlik bo‘limi (1-bino, 523-kabinet) orqali taqdim etiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?