10:53 Shanba 13 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Talabalar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

11.12.2025
64

Talabalar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektorining bu boradagi tegishli buyrug’i qabul qilindi. Unga ko‘ra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrugʻiga asosan, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etishi belgilandi.

Shuningdek, mas’ul ijrochilarga 2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestri o‘quv jarayonini davom ettirish va fanlardan o‘tkaziladigan nazoratlarni belgilangan grafik asosida 2026-yil 12-yanvardan tashkil etish, talabalarga kuzgi semestr yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan yakuniy nazorat ishlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni yetkazish vazifalari yuklatilgan.

Eslatib o’tamiz avvalroq, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabarida talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishi xabar qilingan edi.

2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yilishi ham ma’lum qilingan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?