TALABA YOSHLARGA KONTRAKT TO‘LOVINING 35 FOIZI TO‘LAB BERILADI!
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun muhim imkoniyat!
Unga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontrakt miqdorining 35 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab beriladi.
Arizalar institutimiz Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan qabul qilinadi.
Murojaat uchun: @surkhonbek
Hurmatli talabalar, ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun zarur hujjatlar bilan o‘z vaqtida murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifamiz!