04:48 Chorshanba 25 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

KITOBXON YOZ — 2025

12.06.2025
109

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Kitobxon yoz — 2025” onlayn tanloviga rasman START berildi!

 Tanlov shartlari juda oddiy:
Quyidagi 5 ta kitobdan istalgan(lar)ini o‘qing va 1-3 daqiqalik video taqriz tayyorlang. Sizning fikringiz, hissiyotlaringiz, va kitobdan olgan sabog‘ingiz boshqalar uchun ilhom bo‘lsin!

Tavsiya etilgan asarlar:
 1. Said Ahmad — “Jimjitlik”
 2. O‘tkir Hoshimov — “Tushda kechgan umrlar”
 3. Chingiz Aytmatov — “Asrga tatigulik kun”
 4. Endi Sernovits — “Sarafan marketing”
 5. Fyodor Dostoyevskiy — “Telba”

 Tayyorlagan videongizni bizga yuboring — eng yaxshi taqrizlar kanalimizda e’lon qilinadi!

 Tanlov yakunida esa eng bilimdon, eng kitobsevar ishtirokchilar mukofot bilan taqdirlanadi.

 Muddat: Yoz fasli davomida

Bogʻlanish uchun:

 Ilhom oling, kitob o‘qing, fikrlaringizni ijodiy tarzda ifoda qiling va yozni unutilmas voqealarga boy qiling.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?