Ijodiy ishlar tanlovi o'tkaziladi
“Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovining institut bosqichi quyidagi 4 ta yoʻnalishda oʻtkaziladi:
a) adabiyot yoʻnalishi – bunda talabalar tomonidan mavzuga doir (oʻzbek tilida) yozilgan sheʼr, hikoya, esse, dramatik asar va insholar koʻrib chiqiladi;
b) tasviriy sanʼat yoʻnalishi – bunda talabalar tomonidan tayyorlangan mavzuga doir plakatlar, rasmlar, grafik ishlanmalar, akvarel va boshqa tasviriy sanʼat turlari boʻyicha ijodiy ishlar koʻrib chiqiladi.
s) amaliy sanʼat yoʻnalishi – bunda talabalar tomonidan tayyorlangan mavzuga doir naqqoshlik, oʻymakorlik, qoʻlda ishlangan buyumlar va boshqa amaliy sanʼat turlari boʻyicha ijodiy ishlar koʻrib chiqiladi.
d) foto yoʻnalishi – bunda talabalar tomonidan tayyorlangan mavzuga doir foto hikoyalar (fotohikoyada suratlar soni 10 tadan oshmasligi lozim) koʻrib chiqiladi.
Mazkur ijodiy ishlar tanloviga barcha talabalarni taklif etib qolamiz.
Oʻtkazish kuni va joyi: 2025-yil 11-aprel kuni, soat 11:30da 1-bino 222-xonada