“Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiadasi musobaqasi bo'lib o'tadi
Instituti talaba-yoshlarI oʻrtasida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiadasi musobaqasi quyidagi 2 ta shart asosida oʻtkaziladi.
1-shart oʻquv granatasini uzoqlikka uloqtirish sharti;
Ushbu shartdagi mashqni bajarish joyining uloqtirish marrasi, yoʻlagi chiziq va belgilar hamda 30, 40, 50, 60 va h.k metr masofa koʻrsatkichlari bilan Ishtirokchi mashqni F-1 oʻquv granatasini (600 gramm) uloqtirish orqali bajaradi.
2-shart turnikda tortilish sharti;
2-shartdagi mashqni bajarishda qoʻl kaftlari turnikda oldinga qaratilgan holda ushlanib, qoʻllar parallel uzatilgan holda tutiladi, tana bir oz bukilgan, oyoq toʻgʻri tushirilgan, oyoq uchi toʻliq pastga uzatilib, tovonlar juft tutilgan holatda bajariladi.
Ushbu harbiy-sport spartakiadasida barcha talabalarni taklif etib qolamiz.
Oʻtkazish kuni va joyi 2025-yil 10-aprel kuni, soat 11:30da sport zalida