KAFEDRA TARIXI
“Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi 1934-yil tashkil topgan bo‘lib, avvaliga kafedrada faqat “Mehnat muhofazasi” fani o‘qitilgan. Keyinchalik esa Sanoat ekologiyasi, Fuqaro muhofazasi va Hayot faoliyat xavfsizligi fanlari ham qo‘shilgan. Dastlab “Qurilish ishi” deb yuritilgan va paxtani dastlabki ishlash fakulteti tasarrufida bo‘lgan. Shu yillar davomida dots. A.P. Petrov (1934 y.), so‘ng t.f.d., prof. D.L. Kelbert rahbarlik qilgan. Kafedraga 1972-1980 yillar t.f.n., dots. S.T. Hamidov, 1980-1990 yillar t.f.n., dots. O.Q. Qudratov, 1990-1998 yillar t.f.n., dots.T.A. G‘aniyev, 1998-2008 yillar t.f.d., prof. O.Q. Qudratov, 2008-2012 yillar t.f.n., dots. R.S.Roziqov, 2012-2017 yillar t.f.n., dots. M.A.Axmatov, 2017-2018 yillar O.N. Alimov, 2018-2020 yillar t.f.n., dots. O.M.Yo‘ldosheva, 2020-2021yillar t.f.n.,dots. O.O.Rajabov, 2021-2024 yillar t.f.n.,prof. A.P. Mavlyanovlar rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda esa t.f.fd., dotsent J.S.Arabov boshqarib kelmoqda. Kafedrada 15 ta shtat bo‘lib, 1 nafar fan doktori-professor,
5 nafar fan nomzodlari-dotsent, 6 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar assistent kafedrada tahsil olayotgan talabalarga samarali ta’lim-tarbiya bermoqdalar.
KAFEDRA FAOLIYATI VA YUTUQLARI
Kafedradagi malakali professor-o‘qituvchilar o‘zlarining bilim va tajribalarini talabalarga o‘rgatish bilan birgalikda, o‘z bilimlarini boyitish maqsadida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Belarusiya, Latviya va boshqa Osiyo hamda Yevropaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Kafedra o‘qituvchilari institutdagi barcha mutaxassisliklar va ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavriatura hamda magistratura talabalariga ta’lim berib kelmoqda. Kafedrada “Ekolog” to‘garagi mavjud bo‘lib, har yili 26 nafar talaba muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Bundan tashqari kafedrada “Islom taraqqiyot banki” tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan olingan KP836 rusumli atmosfera havosini tahlil qiluvchi Gazoanalizator, PXSJ-216F rusumli pH-Metr-Ionomer, pH-150MA pH-metr-millivoltmetr, AE-4/8 rusumli Distillyator, Quritish shkafi, oqava suvlari tahlilida foydalaniladigan Sentrofuga, yortilganlik darajasini aniqlovchi HD2302.0 rusumli Lyuksimetr, atmosfera bosimini aniqlashda foydalaniladigan DWS7106 rusumli Barometr, VM-6360 rusumli Vibrometr, SL5868P rusumli Shumomer, GM8910 rusumli elektron Anemometr, YET-610L rusumli elektron Termometr, MKS-15D«Snegir» rusumli radiotsion Dozimetr, ДКГ-09Д rusumli rentgen nurlarini aniqlovchi Dozimetr, FA2204 (220 г./0,1 мг) rusumli analitik Tarozi, shuningdek, suv tarkibidagi radiatsiya nurlarini aniqlovchi UV-1700 rusumli Спектрофотометрlar mavjud bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha fizik, kimyoviy ta’sirini aniqlashda foydalaniladigan va ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishi bo‘yicha to‘qimachilik sanoatida vujudga keladigan iflos oqava suvlar tarkibini aniqlovchi zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mavjud. Ushbu laboratoriyada o‘quv jarayonidan tashqari, talabalar kurs loyiha ishi, diplom ishi, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiya ishlari hamda mustaqil ishlarni bajarishda foydalanadilar. Bu esa talabalarning sifatli taʼlim olishlari va ishlab chiqarish korxonalarining talabiga mos kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda ekologiya masalasi tinchlikni saqlashdan keyingi o‘rinda turadigan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qoldi. Atrofimizdagi tabiat millonlab yillar davomida yuzaga kelgan hamda o‘zining murakkab qonunlariga asosan yashaydi. Ana shu tabiat bilan inson o‘rtasida murakkab muvozanat mavjud. Ushbu omillarni hisobga olgan holda kafedramizda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar yetishib chiqmoqda:
BAKALAVRIYAT TA’LIM YO‘NALISHLARI:
• 60520200 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (sanoatda).
• 61020200 – Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (paxta, to‘qimachilik va yengil sanoati).
• 61020100 – Hayot faoliyati xavfsizligi.
MAGISTRATURA MUTUXASSISLIGI
• 71020201 – Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (paxta, to‘qimachilik va yengil sanoat).