Tyutorlar faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2025-yil 25–26-iyun kunlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda institutda faoliyat yuritayotgan 21 nafar tyutorlarning maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy, o‘quv-uslubiy yo‘nalishlardagi ishlari tahlil qilindi.
Uchrashuv davomida tyutorlik faoliyatining samaradorligini oshirish, taʼlim sifatini yaxshilash, shuningdek, talabalarning tarbiyasi va maʼnaviy kamoloti yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tahliliy uchrashuv yakunida bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda kelgusida hamkorlikda ishlash istiqbollari belgilab olindi.