04:42 Juma 09 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga start berildi!

08.05.2025
12

“Talabalar festivali” doirasida 2025-yil 8-may sanasidan boshlab O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari boshlandi!

2025-yil 8-may kuni mazkur sport sinovlariga rasman start berildi. Musobaqaning ochilish marosimi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda yurtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida bir vaqtning o‘zida jonli efir orqali amalga oshirildi.

Mazkur sinovlar orqali talabalar o‘zlarining kuchi, tezligi, chidamliligi, egiluvchanligi va chaqqonligini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu jarayon sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida ham mazkur sport sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Institut Sport majmuasida musobaqaning ochilishiiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Sinovlar 8–25-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?